O‘zbekistonda ayol rahbar bo‘lgan korxonalar soni ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida bo‘lgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 16 359 tani, erkaklar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni esa 121 746 tani tashkil qilgan.
Ayol rahbarlar boshqaruvida bo‘lgan kichik korxonalar 2021-yilda 2,3 trln. so‘m, erkaklar boshqaruvidagilari esa 27,9 trln. so‘m sof foyda olgan.
Huddi shu davrda o‘rta hisobda bitta tadbirkorlik sub’yektiga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdori tadbirkor erkak rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlarida 229,7 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, tadbirkor ayol rahbarligidagi korxonalarda bu ko‘rchatkich o‘rtacha 141,4 mln. so‘mni tashkil etdi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar bo‘yicha faoliyati:
– savdo sohasida – 14 147 ta
– xizmatlar sohasida – 10 057 ta
– sanoatda – 5 543 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter