Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi zichligi oshib bormoqda

O‘zbekistonda aholi zichligi oshib bormoqda

Foto: Xabar.uz

2023-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 81 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotida aytiladi. 

Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,7 kishiga ortgan (2022 yil 1-iyul holatiga 1 kv km ga 79,3 kishi).

2023-yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 372 437 kishini tashkil etmoqda.

Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi

Qishloq joylarda – 17 814,9 ming kishi

Avvalroq berilgan xabar ko‘ra, aholi soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring