O‘zbekistonda aholi zichligi ortib bormoqda
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,8 kishiga ortgan (2023 yil 1 yanvar holatiga 1 kv km ga 80,2 kishi).
2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36,8 mln kishini tashkil etmoqda.
Shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi
Qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter