Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi o‘rtacha necha yil umr ko‘rayotgani aytildi

O‘zbekistonda aholi o‘rtacha necha yil umr ko‘rayotgani aytildi

2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 74,7 yoshni tashkil etgan. 

Yillar kesimida O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:

  • 1991-yilda – 66,4 yosh
  • 1995-yilda – 69,1 yosh
  • 2000-yilda – 70,8 yosh
  • 2005-yilda – 71,8 yosh
  • 2010-yilda – 73 yosh
  • 2015-yilda – 73,6 yosh
  • 2020-yilda – 73,4 yosh
  • 2024-yilda – 75,1 yosh
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring