Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 50 ming gektar yangi uzumzorlar barpo etiladi

O‘zbekistonda 50 ming gektar yangi uzumzorlar barpo etiladi

Foto: Xabar.uz

2022 yilda yangi uzum plantatsiyalari barpo etiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva AOKA tomonidan tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi

Joriy yilda uzumchilikka ixtisoslashgan tumanlarda 50 ming gektarda yangi uzumzorlar barpo etiladi hamda o‘rtacha hosildorlik 120 sentnerdan 135 sentnerga yetkaziladi.

Respublikada uzum ko‘chatlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilib, sertifikatlangan ko‘chatlarni ko‘paytirish yo‘lga qo‘yiladi. Dunyodagi mashhur xo‘raki va vinobop uzumning 7 ta navlari in vitro sharoitida ko‘paytirilib, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetkazib beriladi.

Shuningdek Yaponiya xalqaro hamkorlik (JICA) ishtirokida «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish, 2 bosqich» loyihasi doirasida 200 mln AQSh dollari jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Germaniyaning 30 yil muddatlik 29,8 mln yevro kredit mablag‘lari uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun jalb qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring