O‘zbekistonda 45 ta davlat uchun 1 oylik vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmon bilan O‘zbekistonda 2019-2025-yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Shuningdek, 2019-yil 1-fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar ro‘yxati kengaytiriladi. 2019-yil 15-martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasi joriy qilinadi.
Farmonga ko‘ra, 2019-yilning 1-fevralidan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi. Quyida ushbu davlatlar ro‘yxati keltirilgan:
Avstraliya
Avstriya
Argentina
Bosniya va Gersegovina
Vatikan
Lyuksemburg
Vengriya
Bruney-Darussalam
Gretsiya
Irlandiya
Islandiya
Italiya
Kanada
Andorra
Lixtenshteyn
Monako
Belgiya
Daniya
Ispaniya
Niderlandiya
Norvegiya
Shvetsiya
Latviya
Litva
Mongoliya
Yangi Zelandiya
Portugaliya
Bolgariya
Kipr Respublikasi
Malta
Polsha
San-Marino
Serbiya
Sloveniya
Xorvatiya
Chili
Ruminiya
Slovakiya
Buyuk Britaniya
Braziliya
Finlyandiya
Chernogoriya
Chexiya
Shveysariya
Estoniya
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter