Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

O‘zbekistonda 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda jami 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 foizni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1268,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3  foizga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28271,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7 foizga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6938,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17736,7 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring