Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 O‘zbekistonda 2024 yilda 3,7 mln tonna kartoshka yetishtirilgan – vazirlik

 O‘zbekistonda 2024 yilda 3,7 mln tonna kartoshka yetishtirilgan – vazirlik

Bir muddat oldin Qozog‘iston hukumati ayrim davlatlar, jumladan, O‘zbekistonga 6 oy muddatga kartoshka eksportini cheklagani haqida xabar qilingan edi. Ushbu xabar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda kartoshka narxi keskin ko‘tarilishi haqida turli xabarlar tarqala boshladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy munosabatiga ko‘ra, mamlakat aholisining  kartoshkaga bo‘lgan yillik talabi 4 million tonnani tashkil etadi.

2024-yilda esa mamlakatda jami 3,7 million tonna, shundan asosiy maydonda 2,7 million tonna va takroriy ekin sifatida 1 million tonna kartoshka yetishtirilgan. Mazkur hosilning 600 ming tonnasi keyingi mavsumda ekish uchun urug‘lik sifatida zaxira qilingan va tabiiy yo‘qotish 100 ming tonna (3 foiz) atrofida belgilangan.

2024-2025 yil qish va bahor mavsumi uchun mahalliy hokimliklar tomonidan jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan 245,5 ming tonna kartoshka zaxiraga jamg‘arilgan va fsp.agro.uz onlayn platformasi orqali sub’yektlar kesimida monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

Zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotni ichki iste’mol bozoriga chiqarish bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har 10 kunlik tarmoq jadvali hududlar kesimida tasdiqlanib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuborilgan.

Joriy yil 20-yanvar holatiga mahalliy hokimliklar tomonidan jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan jami 6,3 ming tonna kartoshka ichki bozorlarga savdoga chiqarilgan, zaxira qoldig‘i 239,2 ming tonnani tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring