Respublikamizda 1 km.kv. yer maydoniga qancha odam to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi
2022-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2021-yil 1-iyul holatiga 1 kv.km.ga 77,6 kishi).
2022-yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 603 443 kishini tashkil etmoqda.
Shahar joylarda – 18 117 ming kishi
Qishloq joylarda – 17 486,4 ming kishi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter