O‘zbekiston yoshlari Osiyo Kubogi sohibiga aylandi
Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi-2023 finalida O‘zbekiston Iroqni mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev ishlagan penaltini Umarali Rahmonaliyev aniq amalga oshirdi. O‘yinning qolgan daqiqalarida gol urilmadi va O‘zbekiston yoshlari Osiyo Kubogi sohibiga aylandi.
U-20 Osiyo Kubogi—2023
Final
18 mart, shanba
O‘zbekiston U-20 — Iroq U-20 1:0
Gol: 1:0 — 72 Rahmonaliyev (penalti).
O‘zbekiston U-20: 21. Otabek Boymurodov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Jahongir O‘rozov, 8. Behruzbek Asqarov (4. Abubakr Ashurov), 10. Umarali Rahmonaliyev, 13. Zafarmurod Abdirahmatov (2. Po‘latov Izzatillo), 14. Abbosbek Fayzullayev, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 20. Mahmudjon Mahamadjonov (18. Saidafzalxon Ahrorov), 22. Sherzod Esanov (17. Nodirbek Abdurazzoqov), 23. Asadbek Jo‘raboyev (7. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov).
Iroq U-20: 22. Hussayn Hassan, 4. Kadim Raad Hotam, 5. Abdul Razzoq Qosim, 6. Adam Tolib, 9. Mustafo Qobil (11. Ashar Ali), 10. Abdulqodir Ayyub, 16. Ali Jassim, 18. Ali Sodiq, 19. Sajjad Muhammad (20. Charbel Shamun), 21. Haydar Abdulkarim (7. Muhammad Jamil).
Ogohlantirishlar: Sajjad Muhammad (33), Jahongir O‘rozov (82).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter