Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yo‘llarida tezlik bilan bog‘liq yangi tartib yuritiladi

O‘zbekiston yo‘llarida tezlik bilan bog‘liq yangi tartib yuritiladi

Endi aholi yashash punktlaridan tashqarida tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq jarima transport vositasining turi va unga belgilangan yuqori cheklangan tezlikka qarab qo‘llaniladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Yo‘l harakati qoidalarining 79-bandida belgilanganidek, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, shaharlararo qatnaydigan avtobuslar va mikroavtobuslar tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi mumkin.

Shuningdek:

  • boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
  • tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring