O‘zbekiston yanvar-fevral oyida 719,6 mln dollarga 14 ta samolyot sotib oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 719,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 14 ta samolyot import qilgan.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston samolyot import qilgan davlatlar:
— Germaniya – 6 ta (421,7 mln)
— Litva – 4 ta (66,7 mln)
— Shveysariya – 1 ta (86,5 mln)
— Fransiya – 1 ta (64,3 mln)
— Singapur – 1 ta (61,6 mln)
— Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSh dollari)
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 13 ta samolyot import qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter