O‘zbekiston yana qat’iy karantinda. Tartibni buzgan qanday jazolanadi?
Ma’lumki, bugun 10 iyuldan respublikamizda karantin tartiblari kuchaytirilmoqda. «Huquqiy axborot» kanali qonunchilikda ushbu tartibni buzish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.
Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish fuqarolarga 4 mln 460 ming so‘madan 6 mln 690 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 6 mln 690 ming so‘mdan 11 mln 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa:
- 11 mln 150 ming so‘mdan 22 mln 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
- 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
- 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter