O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlashi kutilmoqda
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlashi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjat loyihasi bilan, 2012 va 2015-yillarda Shveysariyaning Jeneva shahrida, shu bilan birga 2019-yil Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon radioaloqa konferensiyalari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Radioaloqa reglamenti tasdiqlanmoqda.
Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun ma’sul vakolatli organ etib belgilanadi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro elektraloqa ittifoqi 1865-yilda Xalqaro telegraf ittifoqi sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda tashkilotga 193 ta mamlakat a’zo hisoblanadi. Tashkilotning Bosh shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.
Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 27-iyuniga qadar ochiq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter