Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgiladi

O‘zbekiston BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgiladi

«BMTning biometrik hujjatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish to‘g‘risida» Prezident Farmoni (PF–5896-son, 24.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Shuningdek, Farmonga ko‘ra:

  • BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizalari O‘zbekistondagi taklif qiluvchi tomonning xati asosida 2 ish kuni ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;
  • BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning o‘zida amal qilish muddati mazkur hujjatlarning amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) bo‘lishi lozim.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring