O‘zbekiston xorijga o‘rik eksportini ko‘paytirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,8 ming tonna o‘rik eksport qilgan.
O‘rik eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 747 tonnaga yoki 36 foizga oshgan.
2022-yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p o‘rik eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 1,5 ming tonna
— Qozog‘iston – 860 tonna
— Qirg‘iz R. – 429 tonna
2022-yilning 5 oyida xorijga eng ko‘p o‘rik eksport qilgan hududlar:
— Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna
— Xorazm viloyati – 311 tonna
— Toshkent viloyati – 236 tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter