O‘zbekiston xorijga 17,3 mln. dollarlik anor sotdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 17,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna anor eksport qilgan.
Anor eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2 ming tonnaga yoki 12,3 foizga oshgan.
2022-yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 9,9 ming tonna
— Qozog‘iston – 4,6 ming tonna
— Tojikiston – 1,8 ming tonna
— Qirg‘iz R. – 1,3 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter