Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xorijdan qancha mobil telefon import qilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston xorijdan qancha mobil telefon import qilgani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida O‘zbekiston xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628,9 ming dona mobil telefonlar import qilgan.

Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan.

O‘zbekiston 10 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 422,1 ming dona
  • Vetnam – 72,9 ming dona
  • Qozog‘iston – 63,5 ming dona
  • BAA – 42,6 ming dona
  • Hindiston – 27,7 ming dona
  • Rossiya – 600 dona
  • Yaponiya – 16 dona
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring