Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xavfsizligi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekiston xavfsizligi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirdi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning birinchi yarmi natijalariga ko‘ra, Numbeoning eng xavfsiz davlatlar reytingida O‘zbekiston 137 mamlakat orasida 37-o‘rinni egalladi. Mamlakat indeksi 66,58ni tashkil etdi.

Indeks 20 dan past bo‘lsa, mamlakatda xavfsizlik darajasi juda past, 20 dan 40 gacha — past, 40 dan 60 gacha — o‘rta, 60 dan 80 gacha — yuqori, 80 dan yuqori — juda yuqori hisoblanadi.

MDH davlatlari orasida faqat Armaniston (10-o‘rin) va Ozarbayjon (34) bizdan yuqori. Ulardan keyin Rossiya — 52, Moldova — 76, Ukraina — 81, Qozog‘iston — 98, Qirg‘iziston — 107, Belarus — 114.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring