Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev olamdan o‘tdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston xalq artisti, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi, teatr rejissyori Bahodir Yo‘ldoshev olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Iqboloy Qo‘shshayeva ma’lum qildi.

Bahodir Yo‘ldoshev 1945 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U 1970 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1971 — 1974 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrida rejissyor, 1974 – 1984 yillarda bosh rejissyor bo‘lib ishlagan.

Bahodir Yo‘ldoshev 1984 yildan boshlab Abror Hidoyatov nomli O‘zbek Davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida faoliyatini davom ettirgan. Bu teatrda u «Maysaraning ishi», «Farmonbibi arazladi», «Paranji sirlari», «Qora kamar», «Ziyofat», «Iskandar», «Firidun», «Nodirabegim», «Ipak yo‘li» kabi asarlarni sahnalashtirgan. O‘zbekning buyuk rejissyori bir nechta xalqaro va O‘zbekiston teatr festivallarining mukofotlari bilan taqdirlangan.

Bahodir Yo‘ldoshev mustaqillik yillarida «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va Navro‘z bayramlariga bag‘ishlangan tadbirlarning bosh rejissyori sifatida madaniy jarayonda faol ishtirok etib kelgan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring