Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari dolzarb masalalarni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari dolzarb masalalarni muhokama qilishdi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  170noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Amaliy hamkorlikni ilgari surish, eng avvalo, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish muhim ekani qayd etildi.

Ikki mamlakat hukumatlari tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va aniq dasturlari ishlab chiqilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Davlat rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring