Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim va undan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim va undan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-mart kuni «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring