O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida xavfsizlik masalasida protokol imzolandi
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibiyati o‘rtasida maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq tahdid, xavf-xatarlarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan aniq yo‘nalishlar, chora-tadbirlar belgilangan Maslahatlashuv Protokoli imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter