O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 31 mln dollarga teng
2022-yilda O‘zbekistonning Misr bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 30,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 23,2 mln AQSh dollarini, import hajmi esa 7,4 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.
Eksportda eng yuqori ulushga ega:
- Sanoat tovarlari – 19,6 mln. AQSh dollari
- Xizmatlar – 2,7 mln. AQSh dollari
- Mashina va transport asbob-uskunalari – 262 ming AQSh dollari
- Oziq-ovqat mahsulotlari va hayvonlar – 205 ming AQSh dollari.
Importda eng yuqori ulushga ega:
- Oziq-ovqat mahsulotlari va hayvonlar – 2,7 mln. AQSh dollari
- Kimyoviy mahsulotlar – 2,1 mln. AQSh dollari
- Xizmatlar – 1,3 mln. AQSh dollari
- Mashina va transport asbob-uskunalari – 914 ming AQSh dollari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter