Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi savdo 5 yilda uch barobardan oshgan – iqtisodchi

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi savdo 5 yilda uch barobardan oshgan – iqtisodchi

Misr Arab Respublikasida O‘zbekiston prezidentining mamlakatga tashrifi oldidan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ikki davlat o‘rtasida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.

Markaz rahbari o‘z nutqida so‘nggi yillarda iqtisodiy sohada O‘zbekiston-Misr munosabatlari faol rivojlanish bosqichiga o‘tganligini va  2017-yildan buyon o‘zaro savdo va sarmoyaviy hamkorlik faollashib, ushbu yo‘nalishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi besh yilda uch barobardan ziyod, ya’ni 2017-yilda qariyb 10 million dollardan 2022-yilda 30,5 million dollargacha oshdi. O‘zbekistonning Misrga eksporti esa 16 barobarga oshgan.

Jumladan, O‘zbekistonning Misrga eksporti tarkibiga to‘qimachilik mahsulotlari, transport uskunalari va xizmatlari, shu jumladan havo transporti xizmatlari kiradi. O‘zbekistonning 2022-yilda Misrdan amalga oshirilgan import tarkibiga esa oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, mashina va transport uskunalari va xizmatlar o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Misrlik ishbilarmonlarning kapitali ishtirokida 29 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, farmatsevtika sohasida Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida hamda baliqchilik sohasida Namangan viloyatida yangi loyihalar bo‘yicha misrlik ishbilarmonlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring