Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Eron prezidentlari muloqot o‘tkazdi: tafsilotlar

O‘zbekiston va Eron prezidentlari muloqot o‘tkazdi: tafsilotlar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon 5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birini va do‘st xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqot va almashinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashish ko‘rsatkichlari, qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda.

Joriy yil may oyida Tehron shahrida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Hamkorlik bo‘yicha 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”si qabul qilindi.

Savdo, investitsiya, transport va logistika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron yetakchilari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring