Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi

Tashki ishlar vazirligi rasmiy vakili mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasi bayonotini e’lon qildi.

Polshaning tegishli idoralari O‘zbekiston fuqarolariga Polsha davlat chegarasini vizasiz kesib o‘tishi uchun rozilik berdi.

Bunda:

  • O‘zbekiston fuqarolari o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi yoki boshqa zarur hujjatlarni olib kelishlari kerak;
  • Lvov shahriga kelgan fuqarolar o‘zbek diasporasi vakili Sadiyev Ma’ruf (+380 96 102 10 95) bilan bog‘lanib, ro‘yxatga kiritish uchun o‘zi haqida ma’lumot berishlari lozim;
  • Chegarani kesib o‘tish faqat markazlashtirilgan tartibda avtobuslarda O‘zbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Polshaga mustaqil borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarida chegarada muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Evakuatsiya qilinadiganlar ro‘yxatini shakllantirishda ayollar, bolalar, qariyalar va talabalarga ustuvorlik beriladi.

Elchixona O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Avvalroq hozirda Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligi aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring