O‘zbekiston TURKPAga qo‘shiladi

O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga (TURKPA) a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Sodiq Safayev Toshkentda TURKPA delegatsiyasi bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
TURKPA (2008 yilda tashkil etilgan) mamlakatlar parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga qaratilgan. Assambleya tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston assambleya a’zolari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter