Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston «Roskachestvo» bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

O‘zbekiston «Roskachestvo» bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Rossiya sifat nazorati («Roskachestvo»)ning taklifiga asosan, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda  «O‘zstandart» agentligi rahbar va mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib turibdi.

Bugun, Rossiya sifat nazorati («Roskachestvo»)ning bosh qarorgohida Federatsiyasi  va «Roskachestvo» o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.        

Ushbu memorandum ikki tashkilot o‘rtasida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tajriba va axborot almashish, trening, konferensiya, seminar va simproziumlar tashkil etish masalalarini qamrab oladi. 

Ma’lumot uchun: «Roskachestvo» nodavlat tashkilot bo‘lib, Rossiya mahsulotlarining sifati bo‘yicha mustaqil tatqiqotlar olib boruvchi, milliy mahsulotlarni  ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish, shuningdek, Rossiya maxsulotlariga ishonchni oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring