O‘zbekiston «Tolibon» vertolyotini urib tushirgani bo‘yicha xabarlar izohlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mudofaa vazirligi mazkur xabarni inkor etdi.
«Shuni ma’lum qilamizki, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz.
Asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq Pokiston Afg‘oniston hududiga aviazarbalar bergani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter