Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston - Tojikiston chegarasidagi tojik postiga hujum bo‘ldi

O‘zbekiston - Tojikiston chegarasidagi tojik postiga hujum bo‘ldi

Foto: Dp.ru

Kecha tunda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan tojik postiga qurolli hujum bo‘ldi. Ushbu post Dushanbedan 50 kilometr uzoqlikdagi Rudaki tumanida joylashgan.

Xabar qilinishicha, 20 nafar niqobli shaxslar chegara qismiga hujum qilgan. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati tunda amalga oshirilgan hujum vaqtida yo‘qotishlar bo‘lganini ma’lum qildi.

«2019 yil, 6 noyabrga o‘tar kechasi, tungi soat 03:23 da 20 nafar qurollangan niqobli shaxslardan iborat guruh o‘tochar qurollardan o‘q uzib, «Sultonobod» harbiy qismi chegarachilari tomonidan qo‘riqlanayotgan «Ishkobod» №4 zastavasiga hujum qilgan», — deyiladi Tojikiston tomoni bergan rasmiy ma’lumotda. Ushbu ma’lumotda aytilishicha, hujum qilganlar 5 ta o‘qotar qurolni qo‘lga kiritishgan.

Tojikiston kuchishlatar tizimlari tomonidan o‘tkazilgan amaliyot natijasida hujum qilgan bosqinchilar o‘rab olingan va 15 nafari yo‘q qilingan. Yana 5 bosqinchi qo‘lga olingan. Amaliyot vaqtida chegara qo‘shinlarining bir askari va Tojikiston ichki ishlar vazirligining bir xodimi vafot etgan.

Ayni vaqtda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring