O‘zbekiston TIV yana Termiz-Hayraton ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi
O‘zbekiston TIV rasmiy vakili bayonotiga ko‘ra, 15-avgust soat 10.00 holatida Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagan.
Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
Bunga faol siyosiy va diplomatik sa’y-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi, deyiladi TIV rasmiy vakili bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 14-avgust kuni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh davlat chegarasini kesib o‘tgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter