Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston termasi rus tili bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiadada  g‘alaba qozondi

O‘zbekiston termasi rus tili bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiadada  g‘alaba qozondi

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmati

Tyumen davlat universiteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan rus tilini xorijiy til sifatida o‘zlashtirish darajasini tekshiruvchi xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sharafini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti himoya qildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati vakili xabar bemoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Nigeriya, Vetnam, Suriya, Kolumbiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Venesuyela, Jazoir, Janubiy Osetiya, Serbiya, Malayziya, Misr, Ekvador, Gana, Chad, Marokash, Afg‘oniston, Mali, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Zambiya va boshqa ko‘plab davlatlardan saralangan 104 nafar yoshlar tanlovning yakunlovchi bosqichiga yetib keldilar.

Ikki bosqichli olimpiadada talabalarning rus tilida tinglab tushunish, so‘zlash va mantiqiy izchilikda bexato yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmati

Teng kurashlar ostida o‘tgan bilimlar bellashuvida A va B guruhlarida mutlaq g‘oliblik O‘zbekiston vakillariga nasib etdi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Suriya, Tojikiston, Afg‘oniston, Zambiya, Vetnam va Misr vakillari qo‘lga kiritishdi. Tanlov g‘oliblarini tanatanali taqdirlash marosimi ham onlayn rejimida o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada g‘oliblariga Rossiya OTMlarida ijtimoiy soha bo‘yicha magistraturaga kirish imkoniyati beriladi, qolaversa, ularni Tyumen davlat universiteti yozgi maktabiga taklif etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring