O‘zbekiston terma jamoasi Ruminiyada tarixiy natija ko‘rsatdi
Ruminiyada bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Qayd etish joiz, bu badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida o‘zbekistonlik sportchilarning birinchi bor sovrindorlar qatoridan joy olishi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter