O‘zbekiston terma jamoasi yil oxirigacha «Milliy» stadionda o‘yin o‘tkazmaydi
O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov assotsiatsiya rahbariyati, boshqarma hamda bo‘limlar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergandik.
Yaqin muddat ichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi, olimpiya va yosh toifadagi terma jamoalarimiz saralash turnirlariga kirishadilar. O‘FA prezidenti terma jamoalarimizning ish rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Darvoqe, milliy terma jamoamizning yaqin vaqt ichida o‘tkazadigan o‘yinlari uchun «Milliy» stadion maydoni hali talab darajasida emasligi e’tirof etildi. Yil oxirigacha ushbu stadion chimini tartibga keltirish vazifasi qo‘yildi. Unga qadar terma jamoalar boshqa stadionlarda ham uchrashuvlar o‘tkazishi taklifi berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter