«O‘zbekiston temir yo‘llari» Angren vokzalida yuzaga kelgan vaziyatga izoh berdi
Joriy yil 13-sentyabr kuni soat 09:25 da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta’minoti tiklangan. Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’muriyati yuzaga kelgan noqulaylik tufayli yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter