Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston SSV bosh toksikologi va gematologi Samaraga uchib ketdi

O‘zbekiston SSV bosh toksikologi va gematologi Samaraga uchib ketdi

17-avgust kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh toksikologi Rustam Akalayev hamda bosh gematolog Hamida Qozoqboyev Toshkentdan Samara viloyatiga uchib ketdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Safardan ko‘zlangan maqsad — «Koshelevskiy posad» korxonasida mehnat qilgan hamda iyulda «noma’lum moddadan zaharlanish» tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan 48 nafar O‘zbekiston fuqarosiga ko‘maklashishdan iborat.

Bir kun avval og‘ir holatdagi to‘rt o‘zbekistonlik (Og‘abek Ortiqov, Islomboy Qo‘chqorov, Farhod Xayitov va Omonboy Ro‘zimov) Rossiya FVVning maxsus samolyotida davolanishni davom ettirish uchun Moskvadagi gematologiya tibbiy tadqiqot markaziga ko‘chirilgan edi. 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi esa hamon Samara viloyatidagi shifoxonalarda qolmoqda.

Zaharlanganlar o‘zbekistonliklar soni jami 69 nafarni tashkil etib, ularning 20 nafariga sog‘ayganlaridan so‘ng kasalxonadan ruxsat berilgan bo‘lsa, bir O‘zbekiston fuqarosi esa hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring