Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 2-turida O‘zbekiston Yangi Zelandiya jamoasi bilan qiyin durangga erishdi. 

A guruhida kechgan bahs vakillarimizning ustunligida o‘tdi, ammo birinchi taymda raqiblar ikki zarbadan ikki gol urishdi.

Ravshan Haydarov shogirdlari ikkinchi taymda aniqroq harakat qilib, ikki gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘zbekiston — Yangi Zelandiya 2:2
Gollar: Fayzullayev (51), Esanov (90+3) — Uolls (23), Herdman (41).

O‘zbekiston U20 — Otabek Boymurodov, Diyor Ortiqboyev (Shahzod Ne’matjonov, 84), Abduqodir Husanov, Jahongir O‘rozov, Mahmud Mahamadjonov (Saidafzal Ahrorov, 68), Zafarmurod Abdurahmatov, Behruz Asqarov (Rustam Turdimurodov, 68), Umarali Rahmonaliyev, Nodir Abdurazzoqov (Sherzod Esanov, 46), Abbos Fayzullayev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Shahzod Akramov, 90+2).

Yangi Zelandiya U20 — Sims, O‘Liri (Harvi, 46), Hyuz, Surman, Kelli, Makkey, Konchi, Uolls (Fay, 83), Herdman (Manuel, 87), Garbett (Supik, 63), Donkers (Kolloti, 63).

Ogohlantirishlar: Rahmonaliyev (10), Makkey (18), O‘Liri (24), Fayzullayev (86).

Ravshan Haydarov jamoasi so‘nggi turda 26 may kuni Gvatemala bilan o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring