Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston saudiyaliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston saudiyaliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston saudiyaliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi.

Mazkur rejim ikki mamlakat o‘rtasida madaniy, ilmiy va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring