O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar orasida eng ommalashgan sobiq Ittifoq mamlakatiga aylandi

Rossiyalik sayyohlar orasida eng ommalashgan sobiq Ittifoq mamlakati — O‘zbekiston. 2022-yilda ushbu yo‘nalishda talab 20 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) direktori Mayya Lomidze ma’lum qildi.
«Rossiyada hamma yo‘nalishlarda (sobiq Ittifoq mamlakatlariga sayohat nazarda tutilyapti — tahr.) talab oshdi, biroq O‘zbekiston bu jabhada barchadan yuqori. 2021-yilga solishtirganda 2022-yilda kamida 20 foiz o‘sish kuzatildi», — dedi Lomidze. Uning ta’kidlashicha, ayniqsa, rossiyaliklar orasida yangi yilni nishonlash uchun O‘zbekistonga kelish istagidagilar ko‘p.
ATOR rahbarining bildirishicha, rus sayyohlarini eng ko‘p qiziqtirayotgan shaharlar — Samarqand, Buxoro va Xiva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter