O‘zbekiston Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini birgalikda tadqiq etishdan manfaatdorligini bildirgan. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish shartlarini, shuningdek, «Vektor» ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan «EpiVakKorona» vaksinasini sinovdan o‘tkazishni muhokama qilishgan va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter