Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiya gaz kompaniyasidan 600 million dollar qarz bo‘lib qoldi

O‘zbekiston Rossiya gaz kompaniyasidan 600 million dollar qarz bo‘lib qoldi

O‘zbekiston Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasidan 600 million dollar qarz bo‘lib qoldi. Bu haqda «Reuters» «Lukoyl»ning gaz qazib olish ishlari bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarovga asoslanib yozmoqda.

«Lukoyl» O‘zbekistonda «Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot» va «Janubi-G‘arbiy Hisor» loyihalarida mahsulotlarni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida ishlaydi. Unda qazib olingan gaz asosan Xitoyga eksport qilinadi.

Shamsumarov so‘zlariga ko‘ra, qarz qazib olingan gazning barchasi chet elga eksport qilinishi kerak bo‘lsa ham, ma’lum bir qismi O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirishi sababli vujudga kelgan.

Lukoyl vitse-prezidenti kompaniya hozirda O‘zbekistonda yiliga 14,5 milliard kubometr gaz qazib olishini ma’lum qilgan. Kompaniya mamlakatdagi loyihalar uchun 8 milliard dollar investitsiya yotqizgan va 4 milliard dollarni allaqachon qaytargan.

2004 yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan Lukoyl 2020 yilgacha gaz qazib chiqarishni 16 milliard kubometrga yetkazgan. Bulardan 8 milliardi Qamdimdan, 6 millardi Hisor, 3 milliardi Xauzakdan qazib olinishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring