«O‘zbekiston rahbariyatining qarorini olqishlaymiz» – Qozog‘iston TIV Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan so‘nggi hodisalar yuzasidan bayonot berdi.
«O‘zbekistan – qardosh davlat, Qozog‘istonning ishonchli ittifoqchisi, strategik hamkoridir. Shu sababli Qozog‘istonda qo‘shni do‘st mamlakatdagi hodisalar xavotir bilan qarshi olindi. Biz O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasida barqarorlik o‘rnatish bo‘yicha qarorlarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Birodar O‘zbekistonda muhim siyosiy hodisa – Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum arafasida tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga ishonchimiz komil», – deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston bilan imzolangan Abadiy do‘stlik (1998) hamda Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi (2013) shartnomalar, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi (2021) deklaratsiyaga sodiq qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter