Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Qozog‘iston sammiti yakunida jami 17 ta hujjat imzolandi (ro‘yxat)

O‘zbekiston-Qozog‘iston sammiti yakunida jami 17 ta hujjat imzolandi (ro‘yxat)

O‘zbekiston-Qozog‘iston sammiti yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tarixiy hujjatlar – Ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma va O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomani imzoladilar.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi.

Jumladan:

  • O‘zbekistonda multimodal transport-logistika markazini barpo etish bo‘yicha hamkorlik va anglashuv memorandumi. Hujjatni O‘zbekiston tomonidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Qozog‘iston tomonidan «PTC Holding» kompaniyasi muassisi Daniyar Abulgazin imzoladi;
  • Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida mamlakatimizda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikda sheriklik to‘g‘risidagi bitim. Hujjatni «O‘zkimyosanoat» AJ uzatuv kengashi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda «Kazfosfat» mas’uliyati cheklangan shirkati kuzatuv kengashi raisi Eduard Ogay imzoladi;
  • Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha bitim. Hujjat «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev hamda «KazMunayGaz» AJ Boshqaruv raisi Magzum Mirzagaliyev tomonidan tasdiqlandi;
  • O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumati o‘rtasida «Markaziy Osiyo» Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini barpo etish to‘g‘risida hadli bitim hamda elektron savdoni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memarandum. Hujjat O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev hamda Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari – savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin o‘rtasida imzolandi.

Shuningdek, tomonlar Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida, Oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, 2000-yil 7-iyuldagi Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma, strategik islohotlar, elektron savdoni rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaligi, davlat xizmati sohalarida memorandumlar, Toshkent va Turkiston, Navoiy va Qizilo‘rda, Jizzax va Turkiston viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xarita»lari va kimyo sanoatida loyihalar amalga oshirish bo‘yicha ham bitimlarni qabul qildi.

Tashrif doirasida jami 8 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring