Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston – Qozog‘iston: muhim iqtisodiy loyiha muddatiga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston – Qozog‘iston: muhim iqtisodiy loyiha muddatiga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasiga yaqin hududlarda savdo zonalari tashkil etish loyihasining yuridik jarayonlari joriy yil iyulga qadar yakunlanadi. Bu haqda Toshkentda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Qozog‘istonning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov uchrashuvida ma’lum qilindi.

Suhbat davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik sur’ati o‘sib borayotgani qayd etildi. Joriy yilning birinchi choragida ikki davlat savdo aylanmasi 1,09 milliard dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nistaban 11 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.

Muloqot asnosida ikki davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi ham muhokama etilgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishda mintaqaviy robitalar muhim o‘rin tutadi. Chegara hududlarda savdo zonalari tashkil etish loyihasi ham yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, mazkur savdo zonalarida ikki davlat fuqarolari uchun kirdi-chiqdi muhrlarini olmay oldi-sotdi qilish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida Qozog‘iston va O‘zbekiston bosh vazirlari Alixon Smailov va Abdulla Aripov Almatida uchrashib, tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish istiqbolini muhokama qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring