O‘zbekistondan Qozog‘istonga olib kirilayotgan 62 tonna kontrabanda qovun ushlandi
O‘zbekistondan Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga kiraverishdagi «Qoplonbek» postida kontrabanda yo‘li bilan olib kirilayotgan 62 tonna qovun ushlandi. Bu haqda qo‘shni davlat Davlat daromadlari qo‘mitasi (DDQ) xabar berdi.
DDQ vaziyatlar markazi xodimlari nazorat-tekshiruv majmuasida olingan suratlarni tahlil qilishda tegishli hujjatlarga nomuvofiqlikni ko‘rishgan. Ya’ni hujjatda «tarvuz» deb yozilgan, biroq suratlar mahsulotning aksi oval (cho‘zinchoq) shakldaligini ko‘rsatgan.
So‘ngra yuk mashinalari bojxona tekshiruviga yuborilganida, ularga tarvuz o‘rniga qovun ortilgani fosh bo‘ldi.
Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ayrim importchilar bojxona to‘lovlaridan qochib, hujjatlarda arzonroq mahsulotni rasmiylashtirishadi.
Xuddi shu «Qoplonbek» postida qog‘ozda ko‘rsatilganidan 9 tonna ko‘p shaftoli O‘zbekistondan Qozog‘istonga olib kirilayotganida to‘xtatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter