O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Yurtimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bugun Toshkent davlat agrar universitetida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Davlatimiz rahbarining qutlovida hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu chinakam jasorat va matonat namunasi ekani qayd etilgan.
Xalqimiz mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, tajribali chorvador va pillakorlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlarining sharafli va olijanob mehnatini yuksak qadrlashi ta’kidlangan.
Prezidentimiz agrar tarmoqdagi islohotlar «O‘zbekiston - 2030» strategiyasi doirasida izchil davom ettirilishini ta’kidlab, soha xodimlariga mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lidagi ezgu faoliyatida ulkan yutuqlar tiladi, deydi davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter