O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksportini 3,5 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilishga eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar va logistika korxonalari vakillari taklif qilingan.
Davlat rahbari bundan buyon yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlari bilan o‘tkazilishini ta’kidladi.
«O‘tgan yili 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga ko‘ra, buncha mahsulotni o‘zidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa bo‘ladi.
Lekin iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni to‘g‘ri tashkil qila olmayapti. Eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport 2 milliard dollardan oshmagan», – deydi Mirziyoyev.
Davlat rahbari yig‘ilganlarga «soha uchun yana qanday sharoit kerak, joriy yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish uchun nimalar zarur» degan savollarga birgalikda javob topishni taklif qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter