O‘zbekiston insonparvarlik yordami sifatida Qirg‘izistonga harbiy vertolyot berdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari tomonidan 2021-yilda erishilgan kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston Qirg‘izistonga beg‘araz insonparvarlik yordami sifatida MI-8MTV harbiy vertolyotini taqdim qildi.
Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi yetakchisi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Sadir Japarovning bildirishicha, vertolyot mamlakat havo hujumidan mudofaa kuchlariga topshirilgan.
Shuningdek, Qirg‘iziston harbiy vertolyot parkidagi xuddi shunday vertolyotlardan biri to‘liq ta’mirlash uchun Chirchiqdagi aviata’mirlash zavodiga ham topshirilgan va ushbu harbiy texnika O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hisobidan to‘liq ta’mirlanib, qo‘shni davlat mutaxassislariga topshirilgan.
«Yaqinda O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari vertolyotimiz to‘liq ta’mirlangani haqida xabar berdi. Tarmoq vazirligimiz mutaxassislari uni «Chirchiq-O‘sh», «O‘sh-Bishkek» yo‘nalishi bo‘yicha olib kelib, foydalanishga topshirdilar», – deydi Sadir Japarov mazkur tadbirlar Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirilganini ta’kidlab.
Japarov, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston yetakchisiga o‘z minnatdorchilgini bildirib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter