Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qirg‘izistonga ham insonparvarlik yordami jo‘natdi (foto)

O‘zbekiston Qirg‘izistonga ham insonparvarlik yordami jo‘natdi (foto)

Foto:«O‘zA»

O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga koronavirus «COVID-19» kasalligini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi «Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatimizdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga oshirildi.

Foto:«O‘zA»

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi temiryo‘l stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik bosh kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poyezd qo‘shni respublikaga jo‘natildi.

Maxsus eshelon Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Afg‘onistonga ham yordam jo‘natilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring